Afg’onistonning Logar viloyatida Pokistonga tegishli Mi-17 vertolyoti qulab tushdi

Afg’oniston rasmiylari ma'lum qilishicha, vertolyot ichida 6 nafari pokistonlik va bir nafari rus bo’lib, jami 7 nafar ekipaj bo'lgan.

545498
Afg’onistonning Logar viloyatida Pokistonga tegishli Mi-17 vertolyoti qulab tushdi

Afg’onistonning Logar viloyatida Pokistonga tegishli Mi-17 vertolyoti qulab tushdi.

Logar hokimiyati kotibi Selim Saleh ma’lum qilishicha, vertolyot Azra tumanida Tolibon nazoratida bo’lgan hududga qulab tushgan.

Qulab tushgach, kuchli portlash oqibatida yonib ketgan vertolyotning ekipaji qidirilmoqda.

Ushbu baxtsiz hodisa Pokistonning Qobuldagi elchixonasi tomonidan tasdiqlandi.

Afg’oniston rasmiylari ma'lum qilishicha, vertolyot ichida 6 nafari pokistonlik va bir nafari rus bo’lib, jami 7 nafar ekipaj bo'lgan.

Tolibon esa, voqea oldida jim-jitligicha qolmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Afg'oniston , #Logar , #vertolyot , #Mi-17 , #ekipaj

Aloqador xabarlar