Suriyada rus vertolyoti qulatildi

Suriyaning shimoliy-sharq mintaqasida joylashgan Idlibda, Rossiya Harbiy-havo kuchlariga oid Mi-8 rusumidagi bir vertolyot quriqlikdan o’q uzilishi oqibatida yerga quladi.

542604
Suriyada rus vertolyoti qulatildi

Suriyaning shimoliy-sharq mintaqasida joylashgan Idlibda, Rossiya Harbiy-havo kuchlariga oid Mi-8 rusumidagi bir vertolyot quriqlikdan o’q uzilishi oqibatida yerga quladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu haqida,

“1-avgust kuni Idlibda, Halabga gumanitar yordam yetkazishi ortidan Hmeymim aviabazasiga qaytayotgan Mi-8 rusumidagi bir rus vertolyoti, quriqlikdan otilgan o’q natijasida qulatildi” dedi.

Vertolyotda 3 nafar ekipaj bilan Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvini kuzatish uchun tayin qilingan 2 askarning borligi aytilgan bayonotda nomi tilga olingan ekipaj va askarlarning oqibatini aniqlash uchun faoliyatlarning yuritilayotganligi qo’shimchalandi.  

Hujumni o’z zimmasiga olgan Al-Nusra, o’ldirilgan rus uchuvchilarga oid ekanligini ilgari surgan videolavhalar tarqatdi.  

Undan tashqari Halabdagi dahshatli to’qnashuv davom etmoqda.

Shaharning muxolifat nazorati ostidagi mintaqalarida 300 ming kishi mushkul ahvolda, qamalib qolgan vaziyatda.

Al-Nusra bilan ba’zi muxolifat guruh, Halabning janubidagi qamalni buzish uchun hujum boshlatdi.

Asad rejimi, hujumni bostirganligini ilgari surdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Suriya , #vertolyot , #Halab , #Idlib , #Mi-8 , #Al-Nusra

Aloqador xabarlar