Kanadalik musulmonlar FETO ning to’ntarish tashabbusini qoraladi

Bu borada Turkiyaning Ottavadagi elchixonasi ma'lumot berdi.

534343
Kanadalik musulmonlar FETO ning to’ntarish tashabbusini qoraladi

Butunjahon 15-iyuldan 16-iyulga o’tar kechasi Fetullahchi terror tashkilotining Turk qurolli kuchlari ichiga sizib kirgan bir guruh xoin askari tomonidan tashabbus qilingan harbiy to’ntarishni qoralashni davom ettirmoqda.

Bu borada Turkiyadagi hukumatni qo’lga olishni ko’zlagan to’ntarish tashabbusini qoralash, demokratiyani himoya qilish va Turkiyaning yonida ekanligini bildirish maqsadida Kanadaning bir necha shahrida, musulmon aholiga oid jamg’arma va uyushma vakillari tomonidan Turkiyaning Ottavadagi elchixonasiga maktublar yo’llamoqda.

Elchilik vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha rasmiy maktublardan tashqari Kanadadagi Somali, Suriya va Livan fuqarolaridan bir necha kishi ham alohida elchixonaga qo’ng’iroq qilib yoki elchixonani ziyorat qilib Turkiyaga hamdardlik bildiridib, turk hukumatini qo’llab-quvvatlagan fikrlarini yetkazishni davom ettirmoqda.  



Aloqador xabarlar