Butunjahon Turkiyani qo’llab-quvvatlashni davom ettirmoqda

Bu borada Yevropa davlatlari qo'shimcha deklaratsiya imzoladi.

532741
Butunjahon Turkiyani qo’llab-quvvatlashni davom ettirmoqda

Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusiga butunjahon qarshilik ko’rsatishni davom ettirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’z izohida og’ir kunlarda Turkiyani qo’llab-quvvatlashni davom ettirajagini bildirdi.

BMT Bosh kotibi voizi Farhan Haq, muvaffaqiyatsiz yakunlangan to’ntarish tashabbusi chog’ida Turkiyadagi vaziyatni yaqindan kuzatib borganliklarini aytdi.

Shuningdek Haq o’z izohida, Turkiyadagi demokratiya bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning himoya qilinishining ahamiyatiga to’xtaldi.   

Yevropa ittifoqi kengashi ham Turkiyadagi to’ntarish tashabbusini qoraladi.

Tashqi aloqalar kengashi, Belgiya poytaxti Bryusseldagi yig’ilish ortidan chop etgan qo’shimcha deklaratsiyasida,

“Yevropa ittifoqi Turkiyadagi to’ntarish tashabbusini keskin qoralaydi va mamlakatning rasmiy muassasalarini tolaqonli qo’llab-quvvatlashini takrolaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ushbu deklaratsiyada shuningdek to’ntarish tashabbusi chog’ida halok bo’lganlar uchun terang qayg’uda ekanliklari ham belgilab o’tildi.

Deklaratsiyani imzolagan Yevropa davlatlari Turkiyadagi siyosiy partiyalarning turk demokratiyasini qo’llab-quvvatlash haqidagi mushtarak say-harakatidan minnatdor ekanliklarini ham qo’shimchaladi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May ham, yurtining Turkiyaning demokratik yo’llar orqali saylangan hukumati va rasmiy muassasalarini qo’llab-quvvatlashini aytdi. Theresa May shuningdek, Turkiyada yuz bergan to’ntarish tashabbusiga ham to’xtalib tashabbusni keskin qoralaganliklarini bildirdi.



Aloqador xabarlar