Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida joylashgan bir shifoxonaga qurolli bosqin uyushtirildi

2016-Yozgi olimpiadalarga mezbonlik qiladigan Rio De Janeyro mutasaddilari bunday voqealarning avj olishidan havotirda.

514452
Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida joylashgan bir shifoxonaga qurolli bosqin uyushtirildi

Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida joylashgan bir shifoxonaga qurolli bosqin uyushtirildi.

Kimligi noma’lum shaxslar giyohvand modda tijorati bilan shug’ullangan 28 yoshdagi shaxsni shifoxonadan qutqarmoqchi bo’ldilar.

Shifoxonaga o’q otar qurollar bilan bostirib kirgan shahxslar politsiya xodimlariga o’q uzgan.

Natijada, qurolli shaxslar bilan politsiya xodimlari o’rtasida otishma kelib chiqqan.

Voqea joyida bemorlardan biri halok bo’lgan, bir hamshira bilan bir politsiya xodimi yaralangan.

Braziliya politsiyasi qurolli shaxslardan ikki nafarining kimligini aniqladi.

2016-Yozgi olimpiadalarga mezbonlik qiladigan Rio De Janeyro mutasaddilari bunday voqealarning avj olishidan havotirda.

 

 



Aloqador xabarlar