Kanada, tabiiy falokatlar yuzasidan azob chekmoqda

Kanada, yong'in falokati ortidan sel falokatiga duch keldi.

509907
Kanada, tabiiy falokatlar yuzasidan azob chekmoqda
Fort McMurrayKanada, yangın.jpg

Kanadada yuz bergan o’rmon yong’ini tufayli boshatilgan Fort McMurray shahri bu gal esa sel falokati bilan olishmoqda.

Alberta shtatiga qarashli Fort McMurray shahrida, minglab uy-joy va ishxonalar yonib kulga aylanar ekan, bugungi kunda esa og’ir yog’ingarchilik yuzasidan sel falokatiga taslim bo’lgan vaziyatda.

Alberta hukumati tomonidan 1-iyundan e’tiboran asta-sekin o’z uy-joylariga qaytish uchun ruxsat olgan Fort McMurray aholisi, oxirgi 24 soat ichida sel falokati bilan ovora.

Alberta Qishloq xojalik va o’rmon vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha yomg’ir, yong’in ta’sirida qolgan mintaqalarni yana-da yomon va xavfli holga aylantirgan.

Xalqning yong’in hududidan uzoq turishi talab qilindi.

Undan tashqari Yong’in axborot markazi tomonidan ma’lum qilinishicha, mintaqada davom etayotgan yong’inning 73 foizi nazorat ostiga olingan. Yong’in, 590 ming gektarlik maydonni yoqib kulga aylantirgan vaziyatda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #McMurray , #sel falokati , #o'rmon yong'ini

Aloqador xabarlar