BMT Suriyaga gumanitar yordam tarqatish uchun ruxsat berilishini talab qildi

Oq Uy kotibi Josh Earnestning fikricha, Beshar Asad qamal qilgan hududlarni gumanitar yordam bilan ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda.

506290
BMT Suriyaga gumanitar yordam tarqatish uchun ruxsat berilishini talab qildi
peşhabur sınır kapısı.jpg
bm suriye yardım.jpg

Rus jangovar samolyotlari Suriyaning Halap va Idlib viloyatlariga fosfor va misket bombasi bilan hujum qildi.

Hujum oqibatida ikki nafar bola nobud bo’ldi.

Hujumda muholif nazoratidagi tumanlarda ko’plab aholi yaralandi.

Hujumdan so’ng, atrofda kuchli yong’in chiqdi, yengil mashinalarga o’t ketdi.

BMT Bosh kotib voizi Stephane Dujarric ma’lum qilishicha, Suriya rejimi Deraya hududiga qisman gumanitar yordamlarning olib kirilishiga ruxsat bergan.

Uning aytishicha, BMT 5 iyun kuni Suriya Tashqi ishlar vazirligiga yozma ravishda murojaat qilib, poytaxt Damashqdagi Deraya, Duma va Mudamiya bilan Humus tumanlari hamda Al-Vaer hududlariga gumanitar yordam tarqatishga ruxsat berilishini talab qilgan.

Murojaatda vertolyotlar vositasida gumanitar yordam mahsulotlarining tarqatilishiga doir taklif o’rin olgan, lekin gumanitar yordamlarni samolyotlardan pastga tashlash rejalanmayotir.

AQSh kotibligi voizi Mark Toner ham kundalik matbuot anjumanida, Suriyada rejim kuchlari tomonidan qamal qilingan hududlarga gumanitar yordam tarqatish bo’yicha katta muammo borligiga e’tibor qaratdi.

Oq Uy kotibi Josh Earnestning fikricha, Beshar Asad qamal qilgan hududlarni gumanitar yordam bilan ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda.

Shuningdek, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi ma’lum qilishicha, Suriyaning shimolidagi Peshhabur chegarasi faqatgina, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini o’tkazish sharti bilan vaqtinchalik ochiladi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniy boshchiligidagi Kurdiston demokrat partiyasining (KDP) rasmiy internet saytidagi bayonotga ko’ra, bu qaror bugundan e’tiboran kuchga kiradi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi tomonida joylashgan Peshhabur chegarasi va Suriya tomonida joylashgan Semalka chegarasi Kurdiston demokrat partiyasi va terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD terror tashkiloti o’rtasidagi siyosiy nizolar va to’qnashuvlar tufayli yopilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #gumanitar yordam , #BMT , #Oq Uy , #chegara , #rejim

Aloqador xabarlar