Fransiyaning poytaxti Parijda millatchilikka qarshi namoyish paytida to’polon chiqdi

Millatchilikka qarshi kurash jamiyati a’zolari 3 yil oldin o’ta millatchi Dazlaklar tomonidan kaltaklangan holda o’ldirilgan Klement Merikning xotirasi uchun kecha oqshom paytlarda namoyish o’tkazdi.

504479
Fransiyaning poytaxti Parijda millatchilikka qarshi namoyish paytida to’polon chiqdi

Fransiyaning poytaxti Parijda millatchilikka qarshi namoyish paytida to’polon chiqdi.

Millatchilikka qarshi kurash jamiyati a’zolari 3 yil oldin o’ta millatchi Dazlaklar tomonidan kaltaklangan holda o’ldirilgan Klement Merikning xotirasi uchun kecha oqshom paytlarda namoyish o’tkazdi.

Namoyishchilar hokimiyat tomonidan ajralgan miting maydonidan chiqib ketgani uchun politsiya xodimlarining qarshiligiga uchradi.

Politsiya xodimlari namoyishchilarni to’xtatish maqsadida ularning ustiga suv sochdi va zaharli gaz sochgan holda tarqatishga harakat qildi.

Namoyish paytida Parij hokimiyatiga tegishli mashinalar va fuqarolarga tegishli shaxsiy mashinalar ag’darib tashlandi.

Yo’llardagi chiroqlarga zarar bergan namoyishchilar ba’zi ishxonalarning derazalarini sindirib tashladi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, namoyish paytida 4 kishi qo’lga olindi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #namoyish , #Parij , #hokimiyat , #to'polon

Aloqador xabarlar