Sel falokati, dunyoda eng ko'p yuz bergan tabiiy falokatlardan biridir

Oxirgi 100 yilning eng dahshatli sel falokati yuz berdi AQShning Teksas shtatida, 6 kishi jon berdi.

502113
Sel falokati, dunyoda eng ko'p yuz bergan tabiiy falokatlardan biridir

Amerika Qo’shma Shtatlarining Teksas shtatida, oxirgi 100 yilning eng dahshatli sel falokati yuz berdi. Ushbu falokat 6 kishining umriga zomin bo’ldi.

Daryo o’zanlari toshib ketar ekan ko’plab turar-joy mintaqasi bilan chorva hayvonlari suv ostida qolib ketdi.

Mintaqada, aholini xavfsiz mintaqaga ko’chirib o’tish ishlari davom etmoqda.

Yaqin kunlarda yana-da og’ir yog’ingarchilik ostida davom etishi kutilgan ushbu fojianing oqibatidan barcha tashvishda.

Yomon ob-havo sharoiti nafaqat Teksasda, Fransiya poytaxti Parijda ham barchani xavotirga soldi.  

Chunki poytaxt Parijda, haftaning boshidan beri davom etgan og’ir yog’ingarchilik tufayli Seine daryosi toshib ketdi.  

Daryo qirg’og’idagi yo’llar esa, toshqinlar tufayli kun boyi xizmatga yopib qo’yildi.

Fransiya meteorologiya markazi Fransiyadagi 19 mintaqa aholisini ogohlantirar ekan, og’ir yog’ingarchilikga qarshi xavfning “to’q sariq” darajasini ko’rsatdi.

 


Tanlangan kalimalar: #sel falokati , #Teksas , #Parij

Aloqador xabarlar