Tibbiy markazlarga qarshi, 594 marotaba hujum uyushtirildi

Bu haqida Jahon sog'likni saqlash tashkiloti ma'lumot tarqatdi.

498717
Tibbiy markazlarga qarshi, 594 marotaba hujum uyushtirildi

Jahon sog'likni saqlash tashkiloti, oxirgi 2 yil mobaynida kasalxona va tibbiy markazlarga qarshi 594 marotaba hujum uyushtirilganligini va buning natijasi 959 kishining umriga zomin bo’lganligini bildirdi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tarqatgan hisobotga ko’ra halok bo’lganlardan tashqari 1 ming 561 kishi tan jarohati olgan.  

Hisobotda, Yaqin Sharq va Afrika bosh bo’lish bilan birga dunyoning 19 davlatida kasalxona va tibbiy markazlar nishonga olingan hujumlarga e’tibor qaratildi.

Kasalxona, tibbiy markazlar va tibbiy xodimlarga qaratilgan hujumlarning 60 foizidan ortig’ining qasddan qo’l urulganligi ma’lum qilingan hisobotda, hujumning 50 foizdan ortig’ining hukumatlar; uchdan bir bo’lagining esa qurolli guruhlar tomonidan qo’l urulganligi qayd etildi.

Hisobotda, eng ko’p tibbiy markazlar nishonga olingan Suriyada esa kasalxonalarga 228 marotaba hujum uyushtirilgan.

 

 



Aloqador xabarlar