Suriya muzokarasining takror qachon boshlashi haligacha noaniq

Bu haqida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ma'lumot tarqatdi.

498681
Suriya muzokarasining takror qachon boshlashi haligacha noaniq

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura tomonidan ma’lum qilinishicha, Suriyaning tinchligi uchun yuritilishi rejalashtirilgan muzokaralarning 2-3 hafta kabi yaqin kunlarda boshlashi imkonsiz.

Staffan de Mistura, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashiga ma’lumot berganidan keyin Jenevadagi muzokaraning takror qachon boshlashi haqida yozma ravishda bayonot tarqatdi. Ushbu bayonotga ko’ra, “Suriya muzokarasi takror boshlashidan avval Suriyada to’qnashuvlarni bas qilish kelishuvi va gumanitar yordamni yetkazish uchun chora ko’rilishi kerak”.

“Jenevadagi Suriya muzokarasini iloji boricha tezroq boshlashni xohlar edik lekin buning 2-3 hafta kabi yaqin kunlarda boshlashi imkonsizdek ko’rinyapdi” degan maxsus elchi, ungacha rejim va muxolifatlar bilan aloqada bo’ladi.



Aloqador xabarlar