Ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenko qamoqdan ozod bo’lishi mumkin

Savchenko 2014 yili Ukraina sharqidagi to’qnashuvlar paytida Rossiya Davlat televideniyesida xizmat ko’rsatgan rus jurnalistlarning joyini qo’shinga bildirib, o'limiga sabab bo’lganlikda ayblanmoqda.

497605
Ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenko qamoqdan ozod bo’lishi mumkin

2014 yilning iyun oyidan beri Rossiyada qamoqda bo’lgan ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenko qamoqdan ozod bo’lishi mumkin.

Savchenkoning Ukrainada qamoqqa olingan rus askarlar bilan almashtirilish ehtimoli bor.

Ukrainada qamoqxonada bo’lgan ikkita rus askaridan birining advokati Valentina Ribinning ifodasi Savchenkoning ozod bo’lish ehtimolini yuzaga chiqardi.

Advokat Valentina Ribinning aytishicha, rus askarlar Ukraina Davlat rahbari Petro Poroshenkoga uzr so’rash maqsadida maktub yozgan.

Savchenko uchun ham bu imkoniyat ishga solingan.

Advokatning aytishicha, askarlarning uzr maktubiga yaqinda javob beriladi, shu sababli rus askarlar evaziga ukrainalik ayol uchuvchini ozod qilish masalasi ko’rib chiqilishi mumkin.

Savchenko 2014 yili Ukraina sharqidagi to’qnashuvlar paytida Rossiya Davlat televideniyesida xizmat ko’rsatgan rus jurnalistlarning joyini qo’shinga bildirib, o'limiga sabab bo’lganlikda ayblanib, qamoqqa olingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar