Bog’dodda yana bombali hujum sodir etildi

Hujum, poytaxt Bog’dodning qariyb 20 kilometr shimolida o’rin olgan tabiiy gaz fabrikasida sodir etildi.

491773
Bog’dodda yana bombali hujum sodir etildi

Iroq poytaxti Bog’dodda yuz bergan bombali hujumda 18 kishi jon berdi. Jon berganlardan ba’zilari esa politsiya xodimlaridan edi. Jon berganlardan tashqari 32 kishi tan jarohati oldi.

Hujum, poytaxt Bog’dodning qariyb 20 kilometr shimolida o’rin olgan tabiiy gaz fabrikasida sodir etildi.

Bomba yuklangan bir mashina bilan 6 nafar xudkushni o’z ichiga olgan transport orqali fabrikaning kiraverishida turgan xavfsizlik kuchlariga qarshi hujum uyushtirildi.  

Bomba yuklangan mashina portlatilganidan keyin fabrikadagi gaz omborxonalaridan uchtasi yonib ketdi.

Portlash ortidan, voqea joyiga onlab politsiya xodimlari bilan mashinalar yuborildi. Ular yetib kelganidan keyin qariyb bir soat davom etgan to’qnashuv kelib chiqdi.

Bu voqeadan tashqari Bog’dodning janubida, qo’shinlar o’tar chog’ida bomba yuklangan bir mashina terroristlar tomonidan portlatilib yuborildi. Oqibatida esa 4 kishi jon berdi, 9 kishi esa tan jarohati oldi.

Iroqning shimol va g’arb mintaqasidagi ba’zi nuqtalarni nazorat ostiga olgan DEASh terror tashkiloti, oxirgi bir hafta mobaynida bir necha bor hujum uyushtirdi. Ushbu hujumlar esa qariyb 100 kishining umriga zomin bo’ldi.  

Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda.

Iroqdagi Federal politsiya kuchlari 2015-yilning boshidan beri DEASh terror tashkilotiga a’zo 3 ming 436 terroristning o’ldirilganligini ma’lum qildi.

Undan tashqari o’tgan yildan bugungacha 318 ta qishloq va shaharning terroristlar qolidan qaytarib olinganligi ham qo’shimchalandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bog'dod , #bombali hujum

Aloqador xabarlar