Poytaxt Bryusselda terrorga qarshi yurish uyushtirildi

160 tashkilot tomonidan uyushtirilgan yurish, Shimoliy poyezd stansiyasidan boshladi.

472886
Poytaxt Bryusselda terrorga qarshi yurish uyushtirildi

Belgiya poytaxti Bryusselda kecha 17-aprel yakshanba kuni minglab kishi terror va nafratga qarshi yurish uyushtirdi.

160 tashkilot tomonidan uyushtirilgan yurish, Shimoliy poyezd stansiyasidan boshladi.

Fontainas maydoniga qadar davom etgan yurishda, DEASh terror tashkilotiga qarshi shiorlar aytildi.

“Birgalikda tinchlik, ozodlik, hurmat" deb yozilgan bannerlar orqali tinchlik tilaklari yangradi.

Yurishga, 22-mart kuni yuz bergan terakt qutbonlarining yaqinlari, uch samoviy dini vakillari va Bryussel xalqi ishtirok etdilar.

Yurish yakunida 22-mart qurbonlari uchun sukut saqlandi. Bourse maydoniga gul qo'yildi.

Bryusseldagi Zaventem aeroporti bilan Maelbeek metro stansiyasiga qaratilgan teraktda 32 kishi jon bergan bo'lib, 270 kishi tan jarohati olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Bryussel , #terakt , #yurish

Aloqador xabarlar