O’rta yer dengizida qochqinlar og’ir fojiaga duch keldi

Somali, Efiopiya va Eritreyadan qochib Italiyaga otlangan 400 dan ortiq qochqinni o'z ichiga olgan kemalarning, ag'darilib ketganligi ma'lum bo'ldi.

473174
O’rta yer dengizida qochqinlar og’ir fojiaga duch keldi

Somali, Efiopiya va Eritreyadan qochib Italiyaga otlangan 400 dan ortiq qochqinni o'z ichiga olgan 4 ta kema, ag'darilib ketgan.

Somali ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan ma'lumotga ko'ra qutqaruvchi guruh, hozircha, Misrdan yo'lga chiqqan yo'lovchilardan faqatgina 29 nafarini qutqarganlar.

Britaniyaning BBC axborot xizmati, arabcha bo'limiga ma'lumot bergan Somalining Misr elchisi, yuzlab qochqinning suvda cho'kib o'lishi mumkinligidan tashvishda ekanligini qo'shimchaladi.

O'tgan yilning avgust oyida ham shunga o'xshash bir fojiada, Liviyadan yo'lga chiqqan va qariyb 550 nafar qochqinni o'z ichiga olgan bir kema, O'rta yer dengizida ag'darilib ketgan edi.

“Save The Children" deb nomlangan yordam tashkiloti, fojiadan qutqarib qolinganlar bilan o'tkazgan muloqatga tayangan holda 400 nafar qochqinning cho'kib olganligini bildirgan edi.


Tanlangan kalimalar: #O'rta yer dengizi , #qochqin , #fojia

Aloqador xabarlar