Ekvadorda 7.8 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Ushbu fojia Ekvadorda, 1979-yildan beri yuz bergan eng kuchli yer silkinishi deya qayd etildi.

472670
Ekvadorda 7.8 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Ekvadorda 7.8 magnitudali yer silkinishi kuzatildi. Oqibati esa 77 kishining umriga, 500 dan ortiq kishining esa sog'ligiga zomin bo'ldi.

AQSh Geologik so'rovi markazi xabar qilishicha, 40 soniya davom etgan yer silkinishi Muisne shahridan 27 chaqirim uzoqlikda, aholi kam yashaydigan hududda, yerning 19 kilometr terangligida yuz bergan.

Ushbu fojia ortidan tsunami haqida xalqni ogohlantirgan yurtning olti viloyatida, favqulotda vaziyat deya e'lon qilindi.

Yer silkinishi, epitsentriga qariyb 170 kilometr uzoqliklda joylashgan poytaxt Quitoda ham his etildi.

Kuchli silkinish tufayli xalq ko'chalarga qochib chiqar ekan, yer silkinishi ortidan qisqa muddatgacha elektr quvvati uzilgan.

Davlat rahbari Rafael Correa ham Italiya safarini to'xtatib o'z yurtiga qaytdi.

Ekvadorning har bir burchagida, qo'shni davlatlardan Peru bilan Kolumbiyada his etilgan silkinish tufayli Peruda ham tsunami haqida xalq ogohlantirildi.

Ekvador Janubiy Amerikaning shimoli-g'arbida, Tinch okeani sohilida va Kolumbiya bilan Peru o'rtasida joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #Ekvador , #yer silkinishi , #Rafael Correa

Aloqador xabarlar