Merkel:"Prezident Erdog'anni haqorat qilgan Jan Bohmermann ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi"

Prokuratura Jan Bohmermanni Germaniya Jazo qonunining 103-moddasiga (xorijiy davlat arbobiga nisbatan haqorat) binoan jinoiy javobgarlikka tortdi.

471808
Merkel:"Prezident Erdog'anni haqorat qilgan Jan Bohmermann ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi"

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anni haqorat qilgan kulgu ustasi Jan Bohmermann ustidan jinoiy ish qo'zg'atilganini bildirdi.

Jan Bohmermann Erdog'anni haqorat qiluvchi she'ri bilan bog'liq sudga ifoda beradi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an 31 mart kuni ZDF telekanalida o'zi haqida haqoratomuz she'r o'qigan Bohmermann ustidan shikoyat qilgan edi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kulgu ustasi Jan Bohmermanni sudga tortish uchun Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga og'zaki nota bergan edi.

Prokuratura ma'lum qilishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan bog'liq she'ri tufayli Jan Bohmermann jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Prokuratura Jan Bohmermanni Germaniya Jazo qonunining 103-moddasiga (xorijiy davlat arbobiga nisbatan haqorat) binoan jinoiy javobgarlikka tortdi.

Shuningdek, Germaniya Bosh vaziri Merkel Yevropa Ittifoqi vakillari bilan birga joriy yilning 23 aprel kuni Turkiyaning Gaziantep viloyatiga tashrif buyuradi.

Germaniya hukumati kotibi Seibert ma'lum qilishicha, Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk bilan Yevropa Komissiyasi rahbar o'rinbosari Frans Timmermans Merkelga hamrohlik qiladi.



Aloqador xabarlar