Bugun Suriyada saylov o'tkazilmoqda

Saylovlarda 3500 nomzod 250 o'rinli parlamentda o'rin olish uchun kuch sinamoqda.

470382
Bugun Suriyada saylov o'tkazilmoqda

Suriya turklari jamiyati bosh kotibi Ahmed Vezir ma'lum qilishicha, Suriyada xalqning yarmidan ko'pi mamlakat tashqarisida bo'lishiga qaramasdan, mamlakatda saylov o'tkazilmoqda.

Mamlakatda davom etgan ichki nizolar tufayli faqatgina ikki shaharda saylov jarayoni ketmoqda.

Ahmed Vezir: “Beshar Asad barchaning ko'ziga uyalmasdan qarab, saylov o'tkazmoqda. Butun dunyoni mazhara qilmoqda",-dedi.

Mamlakatning 80%ida urush ketayotganiga e'tibor qaratgan Ahmed Vezir: “Bunday vaziyatda xatto “saylov" degan so'zni ishlatish ham juda kulguli. Oddiy bir mamlakatda saylov o'tkazilganda o'sha davlatning fuqarolari qayerda bo'lmasin ovoz beradilar. Shunday ekan, Turkiyada, Iordaniyada, Livanda va bir qator davlatlarda kun kechirayotgan suriyaliklar ham ovoz berishi kerak emasmi? Mamlakatning faqatgina ikki shahrida saylov o'tkazilmoqda. Beshar Asad butun dunyoni barmog'ida o'ynatmoqda",-dedi.

Saylovni “teatr o'yini"ga o'xshatgan Ahmed Vezir bundan kelib chiqadigan natijani hech kim qabul qilmasligi kerakligini va hech qanday qonunga to'g'ri kelmasligini tilga oldi.

Darvoqe, Suriyada rejim nazoratida bo'lgan hududlardagina saylov o'tkazilmoqda.

Saylovchilar xavfsizlik xodimlari nazoratida ovoz bermoqda.

7000dan ortiq ovoz berish uchastkalari tashkil qilingan Suriyada ovoz berish jarayoni bugun mahalliy soat 07:00da boshlandi.

Davlat rahbari Beshar Asad va rafiqasi Esma Asad poytaxt Damashqdagi kutubxonada tashkil qilingan saylov uchastkasiga borib ovoz berdi.

Saylovlarda 3500 nomzod 250 o'rinli parlamentda o'rin olish uchun kuch sinamoqda.

Saylov natijalari ertaga payshanba kuni e'lon qilinadi.

G'arb davlatlar saylovlarning bugun Jenevada boshlangan tinchlik muzokaralariga zarar berishidan xavotirda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #saylov , #Beshar Asad , #rejim , #xavfsizlik , #urush

Aloqador xabarlar