Livanda bombali hujum uyushtirildi

Hujum, Miyeh Miyeh nomidagi falastinlik muhojirlar lageriga yaqin joyda uyushtirildi.

469718
Livanda bombali hujum uyushtirildi

Livanning eng yirik shaharlaridan biri hisoblangan Saydada bombali hujum uyushtirildi. Ushbu hujum mashinaga joylashtirib qo'yilgan bombaning portlatilishi oqibatida amalga oshirilar ekan oqibatida 2 kishi jon berdi. Jon bergan kishilardan biri al-Fatih liderlaridan Fathi Zaydan ekanligi aniqlandi.

Hujum, Zaydan yetakchilik qilgan Miyeh Miyeh nomidagi falastinlik muhojirlar lageriga yaqin joyda uyushtirildi.

Zaydan lagerdan chiqar chog'ida, uning mashinasiga joylashtirib qo'yilgan bombaning portlatilishi oqibatida jon berdi.

Hujum, yo'ldan o'tib ketayotgan yana bir kishining umriga, 2 kishining esa sog'ligiga zomin bo'lgan.

Miyeh Miyeh nomidagi muhojirlar lagerida jami 5 ming 250 kishi jon saqlaydi.



Aloqador xabarlar