Italiyalik hamshira, 13 nafar kasalni o’ldriganlikda ayblanmoqda

Italiya axborot vositalari ushbu xabarni, “turmaxona kamerasidagi qotil" degan sarlavha bilan tarqatdi.

462792
Italiyalik hamshira, 13 nafar kasalni o’ldriganlikda ayblanmoqda

Reanimatsiya bo'limida ishlagan bir hamshira, 13 nafar kasalni o'ldirganlikda ayblanmoqda.

Voqea Italiyaning g'arbidagi Toskana mintaqasida joylashgan Piombino shaharchasida yuz berdi.

55 yoshidagi hamshira nazorat ostiga olindi.

Hamshiraning kasallariga yuqori dozda qon suyultirguvchi berganligi aniqlandi.

Militsiya xodimlari 60 yoshdan katta bo'lgan qurbonlarning, jiddiy faqat unchalik ham og'ir bo'lmagan kasalliklari yuzasidan davolanayotganligini bildirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra hamshira qurboniga aylangan kasallar 2014-2015-yillari orasida o'lganlar.

Italiya axborot vositalari ushbu xabarni, “turmaxona kamerasidagi qotil" degan sarlavha bilan tarqatdi.

Italiyada bu oy boshlarida yana bir hamshira boshqa bir jinoyat tufayli bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #kasalxona , #hamshira

Aloqador xabarlar