Iroqda siyosiy inqiroz davom etmoqda....

Iroq parlamenti, Bosh vazir Haydar al- İbadiga texnokrat hukumat tuzish uchun 3 kun muhlat berdi.

460325
Iroqda siyosiy inqiroz davom etmoqda....

Iroq parlamenti, Bosh vazir Haydar al- İbadiga texnokrat hukumat tuzish uchun 3 kun muhlat berdi.

Shia lider Mukteda as- Sadrga qarashli Ahrar guruhining tashabbuslari sababli parlamentda o'tkazilgan ovoz berishda Ibadiga yangi hukumatni taqdim etish uchun payshanba kunigacha muhlat berdi.

Ahror Guruhi, vazirlarning o'zgartirilishi va tubdan islohotlar amalga oshirilishi talab qilinmoqda.

Parlamentdagi eng yirik guruh bo'lgan shia milliy koalitsiya esa tuziladigan texnokrat hukumat bilan xalqning talablarini bajo keltirishini bildirdi.

Iroq kurd hududiy boshqaruvidagi partiyalar esa texnokrat hukumatga qarshi ekanliklarini ma'lum qildi.

Partiyalar nomidan qilingan mushtarak izohda, “ Texnokrat hukumat tuzish bahonasi bilan o'lkadagi inqiroz va tahlikani yashirilmoqchilar, shu bois Kurd, Turkman va boshqa tashkilotlar ham chetlanadi deyishdi. Milliy kelishuvga ham yakun yasamoqchilar” deb bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Siyosiy , #inqiroz , #hukumat , #Tuzish , #Muhlat

Aloqador xabarlar