UNICEF:"Suriyada urush boshlangandan beri 3.7 million bola tug'ildi"

BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF “No place for children"- “Bolalarning vatani yo'q" nomli hisobotini e'lon qildi.

450700
UNICEF:"Suriyada urush boshlangandan beri 3.7 million bola tug'ildi"

Suriyada urush boshlangandan beri 3.7 million bola tug'ildi.

Bu bolalardan 306000 nafari qochqinlikda jon saqlagan davlatlarda dunyoga keldi.

BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF Suriyada 5 yildan buyon davom etgan urushda bolalarning boshidan o'tgan fojialarga doir tayyorlangan “No place for children"- “Bolalarning vatani yo'q" nomli hisobotini e'lon qildi.

Hisobotda o'ldirilgan, qurollantirilgan va insoniy haq va huquqlari oyoq osti qilingan kamida 500 bola haqida hujjat o'rin olgan.

Snayperlar tomonidan o'ldirilgan yoki maktabni portlatgan paytda jon bergan kamida 150 bola mavjudligiga e'tibor qaratilgan hisobotda, qurolli ekstremist guruhlar tomonidan urushga qo'shilishga majburlangan bolalarning soni ko'paygani qayd etilgan.

Bular orasida xatto 7 yoshdagi bolakaylar ham bor.

2.1 million bola mamlakat tarkibida, 700000 bola esa, qo'shni davlatlarda ta'lim olish huquqidan mahrum ekani yozilgan hisobotga ko'ra, o'tgan 5 yil ichida mamlakatda jami bola sonining 80%idan ortig'iga to'g'ri kelgan 8.4 million bola to'qnashuvlardan qattiq ta'sirlangan.

Tahminan 7 million bola kambag'alchilik va qahatchilikda katta bo'lishga majbur bo'ldi.

15000dan ziyod bola ota-onasiz yolg'iz o'zi boshqa mamlakatlarga qochib o'tdi va sargardonlikda kun kechirmoqda.

O'tgan yili Suriyada urushga majburlangan bolalarning yarmidan ko'pi 15 yoshdan kichik.

Hisobotda barcha tomonlardan bolalarning haq va huquqini oyoq osti qilish holatlarini oldini olish, viloyatlardagi qamalni to'xtatish, bolalarning ta'lim olishi uchun joriy yil 1.4 milliard dollar fond ajratish, bolalarni ruhiy tushkunlikdan qutqarish uchun kerakli tibbiy choralarni ko'rish, yordam uchun berilgan va'dalarni bajarish talab qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #UNICEF , #urush , #bolalar , #yordam , #hisobot

Aloqador xabarlar