Eronning raketa sinovlari muhokama qilinmoqda

Eronning uzoq manzilni nishonga olgan raketa sinovlarining aks-sadolari davom etmoqda.

447929
Eronning raketa sinovlari muhokama qilinmoqda

Eron Inqilob Muhofizlarining uzoq manzilni nishonga olgan raketa sinovlarining aks-sadolari davom etmoqda.

AQSh mashg'ulotlarni yaqindan kuzatib borar ekan Oq Uy Voizi Josh Earnest, kecha o'tkazilgan matbuot anjumani chog'ida mavzuga doir ma'lumot berdi.

Eronning balistik raketasini rivojlantish mavzusidagi qat'iyliginining xavotirga solganini eslatgan Earnest, Eronning yadro qurol ishlab chiqarishini oldini olish maqsadi bilan o'tgan yil kelishuv tuzilganini bildirdi.

Eronning xalqaro shartnomalardan tashqari raketa dasturini rivojlantirishni cheklash uchun g'ayrat qilishlarini ifoda etgan Josh Earnest; "Nima bo'lgani haqida ma'lumot egasi bo'lgandan keyin javob beramiz" dedi.

Earnest shuningdek; "Eron qator habiy faoliyatlar olib borgan bir davrdamiz. Bu kabi raketa sinovlari qayta bo'lishi mumkin" deb so'zladi.

AQSh Tashqi Ishlar Vaziri John Kerry ham Eronning balistik raketa sinab ko'rishi bilan aloqali qayg'ularni Eron Tashqi Ishlar Vaziri Jevat Zarifga bildirdi.

Demokrat Partiya rahbari nomzodi Hillary Clinton ham yozma bayonot berib, uzoq manqilni nishonga olgan raketa sinovlari tufayli Eronga sanktsiya tatbiq etish kerakligini mudofaa etdi.



Tanlangan kalimalar: #Eron , #raketa sinovi , #muhokama qilinmoqda

Aloqador xabarlar