AQShda, Suriyaga yuborilgan gumanitar yordamlar qo’lga olindi

Yig'ilishda Turkiyaning Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jevdet Yilmaz, xalqaro jamiyatning Suriyaga yuborgan gumanitar yordamining yetarli emasligiga e'tibor qaratdi.

439274
AQShda, Suriyaga yuborilgan gumanitar yordamlar qo’lga olindi

Turkiyaning Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jevdet Yilmaz, xalqaro jamiyatning Suriyaga yuborgan gumanitar yordamining yetarli emasligiga e'tibor qaratdi.

Yilmaz, Amerika Qo'shma Shtatlarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy taraqqiyot dasturining 50 yilligiga bag'ishlangan Vazirlar kengashi yig'ilishida ishtirok etdi.

U yerda mashhur BBC muxbiri Stephen Sackur yetakchiligida o'tqazilgan ilk majlisda, “Suriyada yuz bergan ichki urush va insoniy inqiroz" masalasi kun tartibiga olib chiqilgan eng muhim mavzulardan biri bo'ldi.

Turkiya Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jevdet Yilmaz, majlis yetakchisining “Xalqaro jamiyatning Suriyaga yuborgan gumanitar yordamidan ko'nglingiz to'ldimi?" degan savoliga “yo'q, ko'nglimiz to'lmadi" deya javob berdi.

“Global olaroq boshqalariga yordam berishlik, ayni vaqtda o'ziga yordam berishlikdir" degan Yilmaz, o'z so'zini quyidagicha davom etdi:

“Xalqaro jamiyatning Suriyaga yuborgan gumanitar yordami yetarli emasdir. Suriyaga qo'shni davlatlar yordam bermoqda. Xalqaro jamiyat ham yordam berishi kerak. Birgalikda ish olib bormasdan, bu muammoni hal qila olmaymiz. Bu muammolar vaqt o'tishi bilan mintaqadagi boshqa davlatlarga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shunday ekan bu kulfatni faqatgina mintaqa xalqining o'ziga tashlab qoyolmaymiz" dedi.

Shuningdek Janob Yilmaz, 2014-yili Suriya xalqiga Turkiyaning 3.5 milliard dollarlik yordam ko'rstganliginini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rivojlangan a'zo davlatlarining ham mana shu raqamga ko'tarilishini kutganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Jevdet Yilmaz , #AQSh , #Stephen Sackur

Aloqador xabarlar