Turkiya Amerikaga nozorichilik ko'rsatdi

Turkiya Amerika boshqaruviga PYD mavzusida qattiq nozorichilik ko'rsatdi.

433078
Turkiya Amerikaga nozorichilik ko'rsatdi

Turkiya Amerika boshqaruviga PYD mavzusida qattiq nozorichilik ko'rsatdi.

Tashqi Ishlar Vazirlik Voizi Tanju Bilgich, Amerikali kasbdoshi John Kirbyning Turkiya bilan PYDning to'p otishmalarini bas qilish talabini tanqid qildi.

Bilgich, vazirlikda o'tkazilgan matbuot anjumanida; "Kirbyning, ittifoqdoshi Turkiya bilan terror tashkilotini bir pallaga qo'ygan bayonotlari bizni lol qildi" dedi.

Tanju Bilgich, Kirbyning so'zlariga norozichilik ko'rsatganliklarini ham ifoda etdi.

Bilgich, shuningdek, bo'lg'inchi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi qo'li PYDning, Hataydagi xavfsizlik markaziga qarata uyushtirgan hujumiga javob berilganini ma'lum qildi.

Tanju Bilgich, Turkiyaning PYD bilan aloqali siyosatining ochiq bo'lganini ifoda etib, o'tgan oygi Turkiya ziyoratida AQSH Prezident o'rinbosari Joe Bidenga, PYDning terror tashkiloti PKK bilan aloqasi mavzusida kerakli hujjatlar berilganini ham eslatdi.

Tanju Bilgich, PYDning Azez hududida va muxoliflatga hujum qilishini ham qabul qilinmas bo'lganiga diqqat aratdi.

Suriyada quruqlikdan amaliyot o'tkazish mavzusida bir qaror olinmaganini ifoda etgan Tanju Bilgich, bir savolga javoban; "Saudiya Arabiston samolyotlari Ko'niyada harbiy mashg'ulotlar o'tkazmoqda" dedi.

Turk Quroli Kuchlari, hafta oxirida, chegaraga bir necha kilometr masofada Azez tumani atrofida bo'lgan PYD nuqtalarini nishonga olgan edi.



Aloqador xabarlar