Uchoq korpusidan sakragan yo’lovchi, halok bo’ldi

Haftaning seshanba kuni yani 2 fevralda, Somalidan Jibutiga qarab yo’l olgan Daallo aeroportiga oid yo’lovchi uchog’ida, parvoz qilishidan ko’p o’tmay portlash yuz bergan edi. Uchoqda 10 nafar turk yo’lovchining ham borligi ma’lum bo’ldi.

427169
Uchoq korpusidan sakragan yo’lovchi, halok bo’ldi

Somalidan Jibutiga qarab yo'l olgan yo'lovchi uchog'idagi portlash haqidagi tergov ishlari davom etmoqda.

Tergov natijasida qo'lga kiritilgan ilk ma'lumotlarga ko'ra portlash hujum oqibatida yuz bergandek lekin bu natijaga hali aniqlik kiritilgani yo'q. Agar aniqlik kiritilgudek bo'lsa unda bu hujum, Al-Shabab tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan bo'lishi mumkin.

Uchuvchilarning portlash ortidan uchoqni yerga qo'ndirishga muvaffaq bo'lishi, fojianing oldining olinishiga turtki bo'ldi.

Undan tashqari bu voqea oqibatida jon bergan 55 yoshli bir yo'lovchi ham, uchoq korpusidan ochilgan teshik orqali tashqariga sakragan.

Yo'lovchining jonsiz badani, uchoq qo'ngan Mogadishu aeroportiga qariyb 30 kilometrlik yaqinlikdan topildi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Jibuti , #uchoq , #portlash , #yo'lovchi

Aloqador xabarlar