Germaniyada, turkiyalik talaba, pichoqlab o'ldirildi

Voqea juma kuni soat 21:30 chog’larida, Kyoln shahrining Ostheim tumanida, tramvay bekati yo’lida yuz berdi.

425989
Germaniyada, turkiyalik talaba, pichoqlab o'ldirildi

Germaniyaning Kyoln shahrida turkiyalik talaba Gizem Peker (20), germaniyalik kursdoshi tomonidan pichoqlab o'ldirildi.

Voqea juma kuni soat 21:30 chog'larida, Kyoln shahrining Ostheim tumanida, Pekerning uyiga yaqin joyda, tramvay bekati yo'lida yuz berdi.

Gizem Peker bilan bir universitetida tahsil olgan germaniyalik yosh yigit, Kalk tumanida joylashgan militsiya markaziga borib taslim bo'ldi.

Germaniyalik kursdoshi tomonidan pichoqlab o'ldirilgan elazig'lik yosh qizning oilasi yuz bergan voqea tufayli faryod qilar ekan Pekerning o'rtoqlari, voqea yuz bergan joyga bir buket gul qoyib, ko'z yoshi to'ktilar.

Kyoln militsiya xodimlari, hali hanuz voqeaning kelib chiqish sababi haqida ma'lumot bermas ekan, tergovning davom etayotganligini aytdilar.



Aloqador xabarlar