Rossiya Prezidenti Putin Ukrainani sudga bermoqchi...

Ukraina 2013 yili Rossiyadan olgan 3 milliard dollarlik qarzning muddati 20 dekabr kuni to’ladi.

405223
Rossiya Prezidenti Putin Ukrainani sudga bermoqchi...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Rossiyaga bo’lgan 3 milliard dollarlik qarzini to’lamagan taqdirda sudga berish to’g’risida buyruq berdi.
Ukraina 2013 yili Rossiyadan olgan 3 milliard dollarlik qarzning muddati 20 dekabr kuni to’ladi.
Rossiya Moliya vazirligi Prezident Vladimir Putin bilan uchrashib vaziyatni muhokama qildi.
Putin ushbu qarzning muxlati to’lgunicha to’lanmagan taqdirda Ukrainani sudga berish to’g’risida buyruq berdi.
Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk esa, qarz masalasida Rossiya bilan huquqiy kurash olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Ukraina Rossiya tomonidan 2013 yili berilgan 3 milliard dollarning pora ekanini, Rossiya bu pul bilan Ukrainani qo’lga olmoqchi bo’lganini ilgari surdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar