Kanadada yoqib yuborilgan masjidga ehson yog'ilmoqda

O't qo'yib yuborilgan Masjid Al Salaam jome’yi uchun 110 ming dollar moddiy yordam to’plandi.

420613
Kanadada yoqib yuborilgan masjidga ehson yog'ilmoqda

Kuni kecha Kanadaning Toronto shahrida Masjid Al Salaam jome’yiga o’t qo’yib yuborilgan edi.
Ushbu masjidda 80 ming dollarlik moddiy zarar yuzaga kelgan edi.
Shu sababli 110 ming dollar moddiy yordam to’plandi.
Parijda sodir bo’lgan terror hujumlaridan so’ng, yuzaga kelgan bu hodisa 14 noyabr kuni tunda ro’y bergan.

Torontoning 125 km shimolida joylashgan Masjid Al Salaam jome’yi uchun 16 noyabr kuni Duane Rousselle ismli kanadalik bir kishi internet orqali ehson to’plash maqsadida kampaniya boshladi.
Mazkur kampaniyaga 4 kun ichida 2097 kishi o’z hissasini qo’shdi. Yordam qatorida to’plangan pullar Peterborough-Kawartha musulmonlar jamiyatining bankdagi hisobiga o’tkazildi.
Shuningdek, Masjid Al Salaam jome’yini ziyorat qilgan Turkiyaning Torontodagi konsuli Erdeniz Shen, musulmonlar jamiyati rahbari Kenzu Abdellaga ikki nafar Qur’on kitobi bilan 1000 Kanada dollari qiymatida chek taqdim etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar