Turk Oqimi kun tartibida...

Yevropa Turk Oqimini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

367520
Turk Oqimi kun tartibida...

Prezident Rajab Tayyib Erdog'on bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning G-20 sammitidagi uchrhashuvidan keyin "Davom etish" qarori bergan Turk Oqimini Yevropa to'liq dastaklamoqda.

Sabah gazetasning xabariga ko'ra, Yevropa Ittifoqi, Turkiyani Yevropaning energiya bazasiga aylantiradigan 3 katta loyihani qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Yevropa Ittifoqining rasmiy internet saytidagi hujjatga ko'ra, O'rta Yevropa va Sharqiy Yevropa bilan Aloqali 3 energiya loyihasi "Daslab" e'lon qilinib tasdiqlandi. Bu loyihaning boshida Turk Oqimi va Yunonistondan Avstriyaga boradigan Tesla quvur tarmog'i joy olmoqda.

Yevropa Ittifoqi, Hazar tabiiy gazini Yevropaga yetkazadigan Trans-Anadolu Tabiiy Gaz Quvur Tarmog'i va Ozarbayjon-Turkmaniston tabiiy gazini Turkiyaga keltiragan Trans-Hazar Quvur Tarmog'i loyihalariga ham ijobiy hissa qo'shadi.

Yevropa Ittifoqining loyihalarni e'lon qilishi, Brusselning bugungacha Turk Oqimidan uzoq turgan uslubinining o'zgarganini tushuntiradi.

Asosan yilik 27 million kubametr kuchga ega, 2019- yili yakunlanishi mo'ljallangan, 1300 kilometrlik Tesla tarmog'i Turk Oqimi uchun "Nozuk bir nuqta" sifatida bilinmoqda. Bu quvur tarmog'i, Turk Oqimining Avstriyaga boradigan quvur tarmog'i bo'lgani bilinmoqda. Tesla quvur tarmog'ining, Turk Oqimi ustidan Rus gazini, TANAP loyihasi ustidan Ozarvayjon gazini olishi bildirilmoqda.

Yevropa Ittifoqi tasdiqlagandan keyin Turk Oqimining kuchga kirishi uchun diqqatlar Anqara bilan Moskva o'rtasida tuziladigan shartnomaga qaratildi.

Shartnomaning 15-Dekabr kuni Totoristonning poytaxit Qozonda uchrashadigan Erdog'on-Putin o'rtasida imzolanishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar