Kurd kuchlari, Sinjar shahar markaziga kirib bordi

Sinjarni, terror tashkiloti DEASh, o'z nazorati ostiga olgan edi.

416453
Kurd kuchlari, Sinjar shahar markaziga kirib bordi

Iroqda terror tashkiloti DEASh nazorati ostidagi Sinjarda, kecha harbiy amaliyot boshlatgan kurd kuchlari, bugun ertalab shahar markaziga kirib bordi.

Ushbu harbiy amaliyotni havodan Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi xalqaro koalitsion kuchlari ham qo’llab-quvvatlamoqda.

DEAShning Suriyadagi markazi Rakka bilan Iroqdagi markazi Musul yo’lida o’rin olgan Sinjarning faqatgina strategik emas balki ramziy ahamiyati ham mühimdir.

Yazidiylarning tarixiy markazi hisoblangan Sinjar, 2014-yilning avgust oyida DEASh nazorati ostiga kirdi. Qonli tashkilotning Sinjardagi yazidiylarga qaratilgan qatliomi bilan zo’rovonligi butun dunyoda norozichilikga yo’l ochgan edi.

Amerika Qo’shma Shtatlari ham DEAShga qaratilgan harbiy havo hujumlarini Sinjardan kelgan qora xabarlarga muvofiq boshlatgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar