Lufthansa Havo Yo’llari aviakompaniyasi 929 reysni bekor qildi

Germaniyadagi Lufthansa Havo Yo’llari aviakompaniyasida kabina ekipajlari ish tashlash e'lon qildi.

414642
Lufthansa Havo Yo’llari aviakompaniyasi 929 reysni bekor qildi

Germaniyadagi Lufthansa Havo Yo’llari aviakompaniyasi 929 reysni bekor qildi.
Aviakompaniyada kabina ekipajlarining ish tashlashi oqibatida 929 reys bekor qilindi.
Bundan 113 mingdan ziyod yo’lovchi zarar ko’rdi.
Lufthansa Havo Yo’llari aviakompaniyasi ish tashlashning birinchi kuni 290, ikkinchi kuni esa, 520 reysni bekor qilishga majbur bo’ldi.
Natijada mingdan ortiq samolyot safarlari bekor qilinar ekan, tahminan 150 ming yo’lovchi zararga uchradi.
Lekin, bu raqamlar ertagacha yana oshishi mumkin.
Chunki, aviakompaniya 11 noyabr kungi uzoq va o’rta masofali safarlarni ham bekor qilganini ma’lum qildi.
Aviakompaniya bilan Mustaqil kabina ekipaji uyushmasi (UFO) o’rtasida 19 ming stuardessaning keksayishi va xodimlar ishdan chiqqach, qonuniy pensionerlik yoshi 63ga kirgunicha o’tgan vaqt mobaynida ham oylik ish haqlarining to’lanishini nazarda tutgan tartibotga doir kelishmovchilik ikki yildan buyon davom etmoqda.
Aviakompaniya bilan uyushma hamda Nemis uchuvchilar uyushmasi o’rtasidagi kelishmovchilik tufayli 2014 yili aprel oyidan beri uchuvchilar 13 marta ish tashlash e’lon qilgan va minglab reyslar bekor qilingan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar