Bu yil Yevropaga kirib borgan muhojirlar soni rekord o’rnatdi

Oktabr oyida Yevropaga dengiz yo’li orqali kirib borgan muhojirlar soni rekord o’rnatdi.

409478
Bu yil Yevropaga kirib borgan muhojirlar soni rekord o’rnatdi

2015-yilning oktabr oyida 218 mingdan ortiq muhojir dengiz yo’li orqali Yevropaga kirib bordi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Muhojirlar bo’yicha oliy komissari ma’lum qilishicha, Yevropaga faqatgina o’tgan oyda dengiz yo’li orqali kirgan muhojirlar soni, 2014-yilning jami raqamiga teng deya qayt etilgan.

Sentabr oyida ushbu raqam 173 mingni tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 2015-2016-yili qariyb 700 ming muhojirning dengiz yo’li orqali Yevropaga kirib borishini tahmin qilayotgan edi.

Bu raqam 2015-yilning o’zida, allaqachon 744 ming nafarga yetdi.

Havo haroratining pasayishi bilanoq, muhojirlar dengiz yo’lidan voz kechadi degan tahminlar bor edi lekin afsuski puflama qayiqlar orqali O’rta yer dengizi va Egey dengizidagi xavfli sayohatlar davom etmoqda.

Ayni vaqtda Gretsiyaning sohil xavfsizlik kuchlari, Egey dengizida qutqaruv amaliyoti olib bordi.

300dan ortiq muhojirni o’z ichiga olgan qayiqning suvga cho’kib ketishi oqibatida 43 nafar muhojir jon berdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar