Dahshatli yer silkinishi qurbonlari soni 311 nafarga chiqdi

Afg'oniston va mintaqasini larzaga solgan zilzila ortidan yer ko'chkisi ro'y bermoqda.

359063
Dahshatli yer silkinishi qurbonlari soni 311 nafarga chiqdi

Afg’oniston va Pokiston hududini larzaga solgan 7.5 magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo’lganlar soni 311 nafarga chiqdi.

Pokistonda halok bo’lganlar soni 237 nafarni tashkil etar ekan, Afg’onistonda halok bo’lganlar soni 74 nafarga yetdi.

Pokistonda, 2 mingdan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Yer osti silkinishlari bilan birga ba’zi mintaqalarda yer ko’chkisi ro’y bermoqda.

Hududda, favqulodda vaziyat deb e’lon qilindi.

Vayron bo’lgan binolar ostida qolib ketgan kishilarni qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Faqat qidiruv va qutqaruv guruhi ba’zi tog’lik hududlarga haligacha yetib bora olgani yo’q.

Afg’onistonda ko’plab uy-joyning qulab, vayron bo’lishiga yo’l ochgan yer silkinishi, elektr energiyasi va aloqa liniyalariga katta ziyon yetkazdi.

Shu bois bir necha mintaqalardan xabar olinolmayabdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar