Ukraina sharqida NATO tadbiqoti boshlandi

“Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi asosida yuritilgan tadbiqotga Amerika, Polsha, Avstriya va Ruminiya bilan bir qatorda, jami 34 davlat ishtirok etmoqda.

391183
Ukraina sharqida NATO tadbiqoti boshlandi

Ukraina sharqida joylashgan Lviv hududida NATO tadbiqoti boshlandi.
“Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi asosida yuritilgan tadbiqotga Amerika, Polsha, Avstriya va Ruminiya bilan bir qatorda, jami 34 davlat ishtirok etmoqda.
Ukraina Respublikasi Prezidenti Poroshenko, “Bu mamlakatimizning NATO bilan hamkorligiga doir say-harakatlarini ko’rsatib turadi. Ukrainaning ravnaq topishi va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishi uchun zarur bo’lgan har qanday vazifani bajaramiz. NATO 2008 yildan beri Ukraina uchun o’z eshigini ochmoqda”-dedi.
Ukraina sharqidagi vaziyatga to’xtalgan Poroshenko sharqdagi saylovlarning Ukraina qonunlariga mos ravishda o’tkazilishi kerakligini bildirdi.
Qolaversa, sharqda saylovlarning o’tkazilishi uchun rus askarlarning mintaqani tark etishi, chegaralardagi nazoratning takror yo’lga qo’yilishi va sharqda Ukraina mustaqilligining takror ta’minlanishi kerakligini aytib o’tdi.
NATO Bosh kotibi Stoltenberg Rossiyaning Qrim va Donbasdagi qilmishi Ukrainaning tuproq butunligini oyoq osti qilish bilan birga, dunyo tartibini buzishga tashabbus ekanini bildirdi.
Stoltenberg, “Bu Yevropaning barqarorligini, tinchligini istaganlarga nisbatan tahdiddir. Shu sababli biz Ukrainani qattiq qo’llab quvvatlaymiz va Minsk shartnomalariga amal qilish zarurligini ta’kidlaymiz”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar