Xalqaro Atom energiya tashkiloti rahbari Eronda...

Xalqaro Atom energiya tashkiloti rahbari Yukiya Amano Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi.

352001
Xalqaro Atom energiya tashkiloti rahbari Eronda...

Eronning atom faoliyatlari bilan bog’liq tuzilgan shartnomadan so’ng Xalqaro Atom energiya tashkiloti rahbari Yukiya Amano Eronga tashrif buyurdi.
Yukiya Amano Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi.
Qabul chog’ida Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Jevad Zarif va Eron Atom energiya tashkiloti rahbari Ali Akbar Salihiy ham o’rin oldi.
Yig’ilishning tafsilotlari haqida aniq ma’lumot berilmadi.
Xalqaro Atom energiya tashkiloti Eronda 2003 yilgacha yuritilgan atom dasturning harbiy jihatlari bilan bog’liq tekshiruv yuritmoqchi.
Qolaversa, tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomaning qanday kuchga kirishi kabi xususlar ham muhokama qilinadi.
Eron mamlakatda yuritilgan atom faoliyatlarning tinchliksevar yo’llar bilan insoniyatga xizmat qilgan faoliyat ekanini ilgari surmoqda.
Xalqaro iqtisodiy sanksiyalarning bekor qilinishi evaziga Eronning atom qurol ishlab chiqarish ehtimolini butunlay bartaraf etadigan shartnoma joriy yilning 14 iyul kuni tuzilgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar