Chilida 8.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Chilida, 2010-yili yuz bergan 8.8 magnitudali yer silkinishi oqibatida 500 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi.

351092
Chilida 8.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Chilida yuz bergan Rixter shkalasi bo'yicha 8.3 magnitudali yer silkinishida, ilk aniqlashlarga ko’ra 5 kishi halok bo’ldi.

Ko’plab kishilar jarohat olgan yer silkinishi ortidan bir necha kishi ham daraksiz yo’qolgan.

Davlat rahbari Michelle Bachelet butun ekipajning qutqaruv hizmati ichida ekanligini eslatar ekan, xalqni xotirjam bo’lishga undadi.

Ketma-ket kelgan yer silkinishi xalqning vahima qilishiga yo’l ochdi.

Mutahassislar tomonidan ma’lum qilinishicha yer silkinishining epitsentri poytaxt Santiagoning 228 kilometr shimoli-sharqida va yerning 5 kilometr terangligida yuz bergan.

Shu bilan birga Chilining dengiz porti Coquimboni 4.5 metrlik tsunami tolqinlari urdi.

Ichki ishlar vazirligi dengiz qirg’og’idagi ko’plab uylarning boshatilganligi haqida ma’lumot tarqatdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar