Makka fojiasida vafot etganlarni dafn etish ishlari boshladi

Makka shahrida yuz bergan baxtsiz voqea vaqtida vafot etganlardan 8 nafari turk ziyoratchilardan edi.

388048
Makka fojiasida vafot etganlarni dafn etish ishlari boshladi

Fojiada vafot etgan 8 nafar turk ziyoratchi Saudiya Arabistonning Makka shahridagi "Haram" masjidida o’qilgan janoza namozi ortidan Makkaning Mina mozorida dafn etildi.

Fojiada jabr ko’rgan 21 nafar turk ziyoratchidan 13 nafari kasalxonadan chiqdi, 8 nafari esa haligacha davolanmoqda.

Saudiya Arabistonining Makka shahridagi "Haram" masjidida qurilish kranining qulab tushishi oqibatida yuz bergan fojiali hodisa tufayli Saudiya hukumati tomonidan hech qanday tergov ishlari boshlatilgani yo’q.

Faqat Saudiya Arabiston qonunlariga ko’ra vafot etgan ziyoratchilarning har biri uchun 300 rialdan qon puli beriladi.

Ushbu raqam turk lirasiga 250 mingni tashkil etar ekan bu mablag’ Saudiya hukumati tomonidan nomi tilga olingan fojiada vafot etgan ziyoratchilarning oilalariga topshiriladi.

Jabr ko’rganlar uchun tolanadigan mablag’ esa olgan tan jarohatlariga ko’ra, Sud tomonidan aniqlanadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar