Amerika Qo’shma Shtatlarida yong’in falokati davom etmoqda

Vashington va Oregon shtatlari yong’indan eng ko’p ziyon ko’rgan mintaqalar hisoblanadi.

332637
Amerika Qo’shma Shtatlarida yong’in falokati davom etmoqda

Shimoliy Amerikada haddan tashqari issiq havo sharoiti oqibatida kelib chiqgan yong’in falokatini oldini olish imkonsiz holga aylandi.

Oregon, Vashington ve Idaho shtatlarida juma kunidan beri 108 uy yonib kul boldi.

Olovlarni o’chirish va evakuatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun vazifa berilgan kishilarning soni 29 mingdan ortdi. Lekin barcha say-harakatlarga qaramay 1 million gektarlik o’rmon maydoni qutqarib qolinolmadi.

Rahbariyat tomonidan ma’lum qilinishicha mamlakatning g’arbida, janubdan shimolga qadar kattakon 14 ta, o’rtacha esa 95 ta o’rmon yong’ini davom etmoqda.

Vashington va Oregon shtatlari yong’indan eng ko’p ziyon ko’rgan mintaqalar hisoblanadi.

Vashingtonning o’zida qariyb 40 ta turar-joy yonib kulga aylandi.

Chelan shaharchasidan evakuatsiya qilingan 500 kishi haligacha uy-joylariga qaytib bora olgani yo’q.

Kanadaning Ontario va British Columbia shtatlari ham o’rmon yong’inlariga qarshi kurashmoqda. British Columbiada dam olish kuni boshlagan o’rmon yong’ini yoyilishni davom ettirmoqda.

Ontario shtatining Buyuk Toronto mintaqasida esa issiq havo sharoiti yakshanba kunidan beri davom etmoqda. Rahbariyat xalqdan, majburiy holat yuz bermagunga qadar tashqariga chiqmasliklarini talab qilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar