Amerika Suriyaga birinchi marotaba havo hujumini uyushtirdi

Amerikadan yana 30 reaktiv uchoqning mintaqaga kelib, amaliyotga yordam berajagi iddio qilinmoqda.

317217
Amerika Suriyaga birinchi marotaba havo hujumini uyushtirdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Turkiyaning janubi orqali Suriyaning shimoliga birinchi marotaba havo amaliyoti uyushtirdi.

Amerika Mudofaa vazirligi Injirlik bazasidan parvoz qilgan qurolli faqat haydovchisiz havo transporti orqali Suriyaga hujum uyushtirganliklarini e’lon qildi.

Pentagon voizi Laura Seal “Amerika uchoqlari birinchi marotaba haydovchisiz havo transporti orqali Turkiyadan parvoz qilib DEAShga zarba berdi” dedi.

Seal, bu vazifalarning Birlashgan mushtarak vazifa kuchi amaliyotlarining bir bo’lagi ekanligini belgilab o’tdi.

Ushbu hujumning Turkiyaning ruxsati ila amalga oshirilganligini ta’kidlagan Seal, mintaqada tinchlik va barqarorlikni o’rnatish uchun DEAShga qarshi kurashning shart ekanligini aytdi.

Turkiya terror tashkiloti DEAShga qarshi kurashish uchun o’tgan oyda o’z bazasini Amerikaning harbiy uchoqlariga ochib berish qarori qabul qilgan edi.

Amerikadan yana 30 reaktiv uchoqning mintaqaga kelib, amaliyotga yordam berajagi iddio qilinmoqda.

Koalitsiya kuchlariga oid harbiy uchoqlar esa Rakka shahrida DEAShga qarshi 20 dan ziyod havo hujumi uyushtirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar