Hindistonda poyezd halokati ro'y berdi

Hindistonning Madhya Pradesh shtatida ikki yo’lovchi poyezdining temir yo’lidan chiqib ketishi oqibatida 27 yo’lovchi nobud bo’lgan.

315339
Hindistonda poyezd halokati ro'y berdi

Hindistonning Madhya Pradesh shtatida ikki yo’lovchi poyezdining temir yo’lidan chiqib ketishi oqibatida halokat ro’y berdi.
Poyezd halokatida 27 yo’lovchi nobud bo’lgan.
Kuchli yog’ingarchilik oqibatida Narmada daryosi ustidagi ko’prik suv bilan qoplangani sababli halokat kelib chiqqani aytilmoqda.
Dastlab, Mumbay-Varanasi yo’nalishida ketayotgan poyezd temir yo’lidan chiqib ketgan.
Bu fojiadan biroz o’tgach, qarshi tomondan kelayotgan boshqa poyezd ham o’sha ko’prikda yo’ldan chiqib ketgan.
Fojiada 100 yo’lovchi tan jarohati olgan.
Qidiruv va qutqaruv faoliyatlarida 300ga yaqin yo’lovchi qutqarilgan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar