Moskva, Srebrenitsa qaror loyihasiga qarshi chiqdi

Ovoz berish jarayonida Xavfsizlik kengashining doimiy bo’lmagan a’zolari ikkilanib qoldi.

338395
Moskva, Srebrenitsa qaror loyihasiga qarshi chiqdi

Bosniya va Gertsegovina urushi chog’ida Srebrenitsada yuz bergan voqealar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan “genotsid” deya ro’yhatga olinmoqchi bo’lar ekan ushbu harakat Rossiyani bezovta qildi va ushbu rezolyutsiya loyihasiga qarshi chiqdi.

Angliya tayyorlagan qonun loyihasi ovozga qoyilishidan oldin olib borilgan diplomatik muomala, Moskvani ko’ndirolmadi.

Ovoz berish jarayonida Xavfsizlik kengashining doimiy bo’lmagan a’zolari Venesuela, Angola, Xitoy va Nigeriya ikkilanib qoldi.

Serbiya va bosniyalik serblar ushbu qonun loyihasini “bo’luvchi” deya baholayotgan edilar.

Ko’pchiligi yosh bola bo’lish bilan birga jami 8 ming erkak o’ldirilgan Srebrenitsa qatliomi, Xalqaro adliya sudi va sobiq Yugoslaviya Xalqaro jazo mahkamasi tomonidan “genotsid” olaroq baholangan edi.

Srebrenitsada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlikparvar askarlarining ko’z ongida olib ketilgan bosniyalik musulmon erkaklar o’ldirilib, umumiy mozorlarga tashlangan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar