AQSh, DEAShga qarshi hujumlarini avjlantirdi.

AQSh Prezidenti Barack Obama, Mudofaa vazirligi Pentagonda milliy xavfsizlik guruhi bilan DEASh bilan kurashni muhokama qilgan bir yig’ilish o’tkazdi.

335150

Obama, havo hujumlarini DEAShning operatsiyalarida manba tashkil etgan neft manbalarini mo’ljal qilib olishni davom ettirishlarini izoh etdi.
Buning bilan birgalikda AQShning yetakchiligidagi koalitsiya kuchlariga qarashli harbiy samolyotlar Suriyaning Halab shaharining shimolida DEAShning nazoratidagi hududlarga qarshi uyushtirgan hujumda 15 nafar terrorist halok bo’ldi.
Nusra tashkilotiga qarashli bir partizan Halabda Suriya qo’shiniga oid qarorgohga qarshi uyushtirgan xudkushlik hujumi oqibatida kamida 25 nafar rejim askari halok bo’ldi, o’nlab kishi tan jarohati oldi.
Asad kuchlari esa muxoliflarga oid hududlarni harbiy samolyotlar bilan uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.
Suriya qo’shiniga oid harbiy samolyotlar o’lkaning ichki qismlarida joylashgan Humus shahariga qarashli antik Palmira shahariga uyushtirgan 50 havo hujumi natijasida 6 nafar halok bo’ldi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar