Armaniston Prezidenti Sarkisyan voqealardan havotirda...

Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan elektr narxining 16%lik qismi davlat tomonidan ta’minlanishini ma’lum qildi.

322821
Armaniston Prezidenti Sarkisyan voqealardan havotirda...

Armanistonda kommunal xizmat narxlarining qimmatligiga qarshi bosh ko’targan xalq o’z maqsadiga erishdi.
Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan yo’lga qo’yilgan tekshiruvlar natijalangunicha elektr narxining 16%lik qismi davlat tomonidan ta’minlanishini ma’lum qildi.
Sarkisyanning aytishicha, energiya sohasi bo’yicha tajribali mutahassislar namoyishchilar guvohligida Armaniston energiya tarmoqlari shirkatida tekshiruv o’tkazadi.
Tahminan bir haftadan beri poytaxt Yerevanda namoyish o’tkazgan xalq prezidentning taklifini yetarli deb topmaganini bildirdi.
Kommunal xizmat narxlarining oshirilmasligini talab qilgan xalq namoyishni davom ettirmoqchi.
19 iyun kuni Armanistonning poytaxti Yerevanda boshlangan namoyishlar hamon davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar