Janubiy Koreyada 160 kishi yuqumli kasallikka chalingan

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotlari ushbu yuqumli virusning xalqaro darajada katta tahlika yaratmaganini bildirib, davlatlarni tinchlantirmoqda.

308565
Janubiy Koreyada 160 kishi yuqumli kasallikka chalingan

Janubiy Koreyada yuqumli mers virusiga qarshi kurash ketmoqda.
O’ta xavfli yuqumli kasallik oqibatida 23 kishi hayotdan ko’z yumdi.
Janubiy Koreya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu yuqumli kasallik hozirgacha jami 160 kishiga tarqalgan.
Kasallikka chalinganidan shubha qilingan 6 ming 700dan ziyod inson shifoxonalarda karantinga olingan.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotlari ushbu yuqumli virusning xalqaro darajada katta tahlika yaratmaganini bildirib, davlatlarni tinchlantirmoqda.
“Yaqin sharqda kuzatilgan nafas yo’llari infektsiyasi” sifatida bilingan mers virusi dastlab 2012 yilning sentyabr oyida Saudiya Arabistonda tarqalgan edi.
Mamlakatda ohirgi 3 yil ichida ushbu yuqumli kasallikka chalingan 950 bemordan jami 412 nafari hayotdan ko’z yumgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar