Janubiy Koreyada xavfli yuqumli kasallikka chora qidirilmoqda

2012 yili Saudiya Arabistonda yuzaga kelgan mers virusiga hozircha davo bo’lgan hech qanday dori mavjud emas.

303479
Janubiy Koreyada xavfli yuqumli kasallikka chora qidirilmoqda

Janubiy Koreyada o’ta xavfli yuqumli mers virusi tahlikasi davom etmoqda.
Janubiy Koreya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda yana 7 kishi yuqumli kasallikka chalingan.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Janubiy Koreyada 14 kishining hayotiga zomin bo’lgan mers virusi shifoxonalardan tashqari xalq orasida tarqalmaganini ma’lum qildi.
Mamlakatda kasallikka chalingan 145 bemorning barchasi shifoxonada ushbu virusni yuqtirib olganining sabablari tekshirilmoqda.
Shifoxonalarda yana 4 ming bemor karantinga olingan.
Bundan tashqari, Slovakiyada ham Janubiy Koreya fuqarosi bo’lgan bir kishi yuqumli kasallikka chalinganidan shubha qilinib, shifoxonaga yotkizildi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra, ushbu yuqumli virus tufayli o’lim nisbati 35%ni tashkil qilmoqda.
2012 yili Saudiya Arabistonda yuzaga kelgan mers virusiga hozircha davo bo’lgan hech qanday dori mavjud emas.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar