Xitoydagi kema halokatida qurbonlar soni ortmoqda

Fojiada qurbon bo’lgan va bedarak yo’qolgan turistlarning shahsini aniqlash uchun 200 kishidan DNK namunasi olindi.

294694
Xitoydagi kema halokatida qurbonlar soni ortmoqda

Xitoyning Yangtze daryosida dushanba kuni sodir bo’lgan kema fojiasida qurbonlar soni 431 nafarga yetdi.
Kema halokati paytida suvga g’arq bo’lgan 11 kishi hamon qidirilmoqda.
Jami 456 kishi bo’lgan kemada fojia paytida 14 kishi qutqarilgan.
Daryoda kuchli dovul ko’tarilishi oqibatida to’ntarilgan kema atrofida va daryoning turli yo’nalishlarida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Fojia ro’y bergan sohilning to’rt tomoni o’lganlar xotirasi uchun sariq lentalar bilan bezatildi.
Fojiada qurbon bo’lgan va bedarak yo’qolgan turistlarning shahsini aniqlash uchun 200 kishidan DNK namunasi olindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar