Janubiy Koreyada yuqumli mers virusi keng tarqalib bormoqda

Mamlakatda yuqumli kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida 700dan ziyod maktabga dam berildi.

292700
Janubiy Koreyada yuqumli mers virusi keng tarqalib bormoqda

Janubiy Koreyada yuqumli mers virusi keng tarqalib bormoqda.
So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, o’ta xavfli yuqumli kasallik tufayli 2 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Yuqumli kasallikka chalingan bemorlar soni 35 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda yuqumli kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida 700dan ziyod maktabga dam berildi.
Yuqumli kasallik tarqalgani sababli aksariyati Xitoy va Taivandlik minglab turistlar Janubiy Koreyaga sayohat rejasini bekor qildi.
O’ta xavfli yuqumli mers virusi dastlab 2012 yilning sentyabr oyida Saudiya Arabistonda tarqalgan edi.
Bugungacha ushbu yuqumli virusga chalingan 1161 bemordan 436 nafari hayotdan ko’z yumgan.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar