Xitoydagi kema halokatidan so'ng 18 kishining jasadi topildi

To’ntarilgan kemaning ichida havo borligi tahmin qilinmoqda, shu sababli ko’plab yo’lovchilarning tirik bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.

291806
Xitoydagi kema halokatidan so'ng 18 kishining jasadi topildi

Xitoyda Nanjing shahridan Chongqing shahriga tomon yo’l olgan kema turistik Yangtze daryosida sodir bo’lgan dovul oqibatida halokatga uchradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, kemadan faqatgina 14 kishi qutqarilgan, 18 kishining jasadi chiqarilgan.
To’ntarilgan kemaning ichida havo borligi tahmin qilinmoqda, shu sababli ko’plab yo’lovchilarning tirik bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Noqulay havoda yuritilgan qutqaruv faoliyatlariga 4 ming mutahassis qatnashmoqda.
G’avvoslar uch tomondan sho’ng’ib kema va atrofida qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Kemada 406 yo’lovchi, turistlarga yo’l ko’rsatuvchi 5 rahbar va 47 ekipaj bo’lgan.
Kemada 50 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan turistlarning borligi aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar