Yevropada, bolalarga qaratilgan zo'rovonlik soni ortdi

O’tgan yili jinsiy zo’rovonlikga duchor bo’lgan bolalarning soni 14 ming 395 nafarni tashkil etdi.

282765
Yevropada, bolalarga qaratilgan zo'rovonlik soni ortdi

Germaniyada zo’rovonlikga duchor bo’lgan bolalarning soni ortdi. Rasmiylar esa bundan xijolatda.

Federal xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra jinoiy statistikalarga ko’ra zo’rovonlikga duchor bo’lgan bolalarning ko’pchiligi 6 yoshidan kichikdir.

Har kuni bir nafar godak kaltaklanib, unga pichoq yoki o'tkir ob'ektlar bilan ziyon yetkazilmoqda.

Bolalarga qaratilgan zo’rovonlik voqealari o’tgan yili 5 foizga ortar ekan, har hafta bir nafar bolaning zo’rovonlik oqibatida jon berayotganligi ifoda etilmoqda.

O’tgan yili jinsiy zo’rovonlikga duchor bo’lgan bolalarning soni esa 14 ming 395 nafarni tashkil etdi.

Angliyalik militsiya xodimlari bolalarga ziyon yetkazgan 1 400 dan ziyod aybdorni qidirmoqda.

Ushbu aybdorlar orasida 76 nafari siyosatchi, 43 nafari musiqachi, 7 nafari sportchi, 135 nafari televideniye, film va radio xodimlari bo’lib hisoblanadi.

Qidiruvdagi aybdorlardan 216 nafarining bu vaqtgacha vafot etganligi haqida ma’lumotlar tarqar ekan zo’rovonlik haqidagi 666 voqea maktab, bolalar bog’chasi, cherkov kabi muassasalarda yuz bergan. Undan tashqari bolalarga qaratilgan zo’rovonlikning oxirgi 3 yil ichida 2 barobarga ko’payganligi aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar